Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Shtutgart" Shtiller uchun "Real"dan 50 million yevro talab qilmoqchi

"Shtutgart" Shtiller uchun "Real"dan 50 million yevro talab qilmoqchi

“Shtutgart” “Real”dan Anjelo Shtiller uchun 50 million yevrodan ko‘proq pul so‘raydi. 24 yoshli yarim himoyachiga Madrid klubi qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi.

AS nashrining xabariga ko‘ra, shtutgartlik futbolchining boshlang‘ich narxi 50 million yevroni tashkil qiladi. Shtillerning shartnomasida 36 million yevroga sotib olish opsiyasi mavjud, biroq u faqat 2026 yilda kuchga kiradi.

"Shtutgart" yarim himoyachiga 2026 yil boshlanishigacha ikki million yevro to‘lab, shartnomadagi ushbu bandni bekor qilishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Shtiller "Shtutgart" safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:57 02.06.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!