Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

BAA ayeroportlarida kuzatilayotgan holat bo‘yicha bayonot berildi

BAA ayeroportlarida kuzatilayotgan holat bo‘yicha bayonot berildi

BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining tekshiruvlari cho‘zilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz.

Ayni paytda fuqarolarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mamlakatimizning Abu-Dabi shahridagi elchixonasi hamda Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan ushbu masalada zudlik bilan muzokaralar o‘tkazdi va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lib turmoqda.

BAA tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilib ketmoqda.

Hozirda fuqarolarimizni tezlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelishni boshlagan.

Kiritildi: 15:33 02.06.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!