Hozirda 2000 ta oldindan buyurtmalar mavjud.
Yaponiyaning KG Motors startapi ixcham bir o‘rindiqli elektromobil Mibot'ni taqdim etdi. Mashina 60 km/soat tezlikka erishadi va bir marta quvvatlanganda 100 kmgacha yura oladi. Yangi mahsulotning narxi taxminan 7000 dollarni tashkil qiladi.
Yaponiyada elektromobillar haqidagi shubhalarga qaramay, startap allaqachon 2000 dan ortiq oldindan buyurtma olgan. Kompaniya Mibot tor shahar ko‘chalari bo‘ylab kundalik sayohatlar uchun ideal va oddiy avtomobilga qulay muqobil bo‘lishiga ishonadi.