Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasini ehtimoliy urushga tayyorlamoqchi

 Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasini ehtimoliy urushga tayyorlamoqchi

"Bizga ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qozonishga tayyor bo‘lishimiz kerak", — deb yozdi Kir Starmer The Sun gazetasi uchun tayyorlangan materialda.

Britaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, London qurolli kuchlarni "har qachongidan ham integrasiyalashgan, shay va qudratli" qilish uchun sarmoya kiritadi.

Buyuk Britaniya hukumati 2 iyun kuni kamida oltita qurol zavodini qurish va 7 mingtagacha uzoq masofali qurollarni ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha 1,8 milliard yevro mablag‘ ajratilishini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

"Britaniya hukumati Rossiya va Xitoyni asosiy tahdidlar sifatida ko‘rmoqda", — deya ma’lum qildi Qirollik Mudofaa vazirligi rahbari Jon Hili BBC bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa sanoati korxonalarini tashkil etish nafaqat o‘q-dorilar ishlab chiqarish, balki butun Buyuk Britaniya bo‘ylab ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Kiritildi: 13:02 02.06.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!