Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Ukraina Rossiyadagi strategik aviasiya joylashgan aerodromlarga hujum uyushtirganini rasmiy ravishda tasdiqladi

Zelenskiy Ukraina Rossiyadagi strategik aviasiya joylashgan aerodromlarga hujum uyushtirganini rasmiy ravishda tasdiqladi

"Mutlaqo ajoyib natija. Bu Ukraina tomonidan mustaqil tarzda amalga oshirilgan harakat. Buni rejalashtirish boshlanganidan samarali amalga oshirilishigacha bir yil, olti oy va to‘qqiz kun o‘tdi. “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasini tayyorlagan odamlarimizni Rossiya hududidan o‘z vaqtida olib chiqib ketdik.

Ushbu muvaffaqiyati uchun Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk va boshqalarga minnatdorchilik bildirdim. Xavfsizlik xizmatiga jamoatchilikka operasiya tafsilotlari va natijalari haqida, ochiqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazishni topshirdim. Albatta, hozircha hammasini aytib bera olmaymiz, ammo Ukrainaning bu harakatlari tarix darsliklariga kiritiladi. Ukraina o‘zini adolatli ravishda himoya qilmoqda va biz urushni yakunlash zarurligini Rossiyaga his qildirish uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz", — deya ma’lum qildi Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida.

U, shuningdek, Rossiyadagi bombardimonchi samolyotlarga hujum bo‘yicha “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasini tayyorlash markazi aynan Rossiyada joylashganini ta’kidladi.

"Bizning operasiyamiz shtabi Rossiya hududida, ularning viloyatlaridan biridagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) boshqarmasi yonida joylashgan edi", — deya aniqlik kiritdi prezident.

Zelenskiy, shuningdek, operasiya davomida jami 117 dron ishlatilganini, ular operatorlar tomonidan masofadan turib boshqarilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 40 dan ortiq strategik aviasiya qurilmasini yo‘qotgan.

"Bu operasiyadan oldin bizda Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi ommaviy zarbaga tayyorlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlari bor edi. Masalan, 1 iyunda Rossiya tomonidan 500 dan ortiq zarba beruvchi dronlar qo‘llanildi. Har hafta ular hujum uchun foydalanadigan dronlari sonini oshirmoqda. Endilikda ular dengizdagi tashuvchilardan “Kalibr” qanotli raketalaridan foydalanishni ham rejalashtirmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 12:47 02.06.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!