Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya razvedkasi rahbari XAMAS bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qildi

Turkiya razvedkasi rahbari XAMAS bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qildi

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin, XAMAS siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Xalil Xay bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, telefon orqali suhbat chog‘ida AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchiligida Xamasga taqdim etilgan so‘nggi takliflar doirasida olib borilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar muhokama qilingan.

Tomonlar Turkiya va xalqaro hamjamiyatning G‘azo sektoridagi gumanitar falokat va vayronagarchiliklarga barham berishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarini ta’kidladilar.

Muhokama chog‘ida mahbuslar almashinuvi va G‘azoga insonparvarlik yordamining yetib borishini ta’minlash masalalari ham ko‘tarildi.

Bundan tashqari, AQSH, Qatar va Misr vositachiligida muzokaralarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 11:57 02.06.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!