Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiyning hujumi AQShda g‘azab uyg‘otdi: "Bu haqorat"

Zelenskiyning hujumi AQShda g‘azab uyg‘otdi: "Bu haqorat"

Vladimir Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujum qilib, AQSh prezidenti Donald Trampni haqorat qildi va global xavfsizlikka tahdid soldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi general Maykl Flinn ijtimoiy tarmoqda yozdi.

"Agar Tramp bilan maslahatlashmagani va xabardor qilinmagani haqiqat bo‘lsa, bu shunchaki protokol buzilishi emas. Bu geosiyosiy haqorat va ogohlantirish belgisidir", - deb yozadi u.

Sobiq maslahatchiga ko‘ra, agar Kiyev rejimi rahbari AQShdan xabarisiz o‘ziga shunday terrorchilik sarguzashtlarini amalga oshirishga ruxsat bersa, bu avtomatik tarzda Vashingtonni Kiyev jinoyatlariga sherik qiladi.

"Odamlar va ayniqsa, dunyo yetakchilari Ukraina hozirgina amalga oshirgan bunday operasiyaning global oqibatlarini tushunishlari kerak", - deya xulosa qildi Flinn.

Kiritildi: 09:36 02.06.2025. O'qildi: 2514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!