Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Rossiya aerodromlariga hujumlarini tasdiqladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Rossiya aerodromlariga hujumlarini tasdiqladi

Harbiy idora xabaridan ma’lum bo‘lishicha, Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi beshta aerodromga hujum qilingan.

"Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi harbiy aerodromlariga terrorchilik hujumlari qaytarildi. Murmansk va Irkutsk viloyatlarida FPV-dronlarining aerodromlarga bevosita yaqin hududdan uchirilishi natijasida bir nechta aviasiya texnikasi yonib ketdi", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dron hujumlari oqibatida harbiy xizmatchilar va fuqarolar orasida qurbonlar bo‘lmagan, barcha yong‘inlar bartaraf etilgan.

"Teraktlarning ayrim ishtirokchilari qo‘lga olindi", deya qo‘shimcha qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Kiritildi: 22:15 01.06.2025. O'qildi: 4755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!