Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga yana Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Ukraina mudofaa vaziri, tashqi ishlar vaziri, Bosh shtab, razvedka xizmatlari va Ukraina xavfsizlik xizmati hisobotlarini eshitdim. Dushanba kuni Istanbuldagi uchrashuv oldidan pozisiyalarni belgilab berdim", deb yozadi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, delegasiya ko‘plab masalalarni, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni ozod etishni muhokama qilishni rejalashtirgan.
Avvalroq Umerov Kiyev Rossiya tomoni bilan uchrashuvga "qarshi emasligini", biroq u boshlanishidan oldin Moskvadan memorandum kutayotganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralarning avvalgi raundi 16 may kuni bo‘lib o‘tgan va “1000 ga 1000” formulasi bo‘yicha asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvlar va kelajakda mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi tasavvurni taqdim etish bilan yakunlangan edi.