Mers va Tramp 5-iyun kuni AQShda uchrashib, Ukrainadagi urushni muhokama qiladilar.
Germaniya hukumati 5-iyun kuni kansler Fridrix Mers AQShning Vashington shahriga tashrif buyurishini va Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashishini e’lon qildi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Ukrainadagi urush bo‘ladi.
Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius 31-may, shanba kuni bergan bayonotida, kansler Fridrix Mers 4-iyun, chorshanba kuni kechqurun AQShga jo‘nab ketishini ma’lum qildi. Tashrif dasturiga Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv, qo‘shma tushlik va matbuot anjumani kiritilgan.
"Hamkorlikdagi muzokaralarda e’tibor Germaniya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hamda xalqaro masalalarga — Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi, Yaqin Sharqdagi vaziyat va savdo siyosatiga qaratiladi", — deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.
Avvalroq Tramp Mersni AQShga taklif qilgan edi
8-may kuni Mers va Tramp ilk bor telefon orqali muloqot qilgan edi. Unda Germaniya kansleri Trampni Germaniyaga taklif qilgan, Tramp esa unga javoban Mersni Vashingtonga chorlagan. Suhbat taxminan yarim soat davom etgan va asosan Ukrainadagi urush mavzusiga bag‘ishlangan.
Avvalroq Mers G7 va NATO sammitlaridan oldin AQShga tashrif buyurish niyati borligini bildirgan. edi.