Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"PSJ" Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi

"PSJ" Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi

"PSJ" "Inter"ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi finalida g‘olib bo‘ldi - 5:0.

O‘yin Myunxendagi "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida hisobni parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiy ochdi, u sobiq klubi darvozasiga urilgan golni nishonlamadi. Golli uzatmani Dezire Due amalga oshirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Duening o‘zi "PSJ"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 63-daqiqada 19 yoshli fransuz dublni rasmiylashtirdi.

Milanliklar darvozasiga to‘rtinchi to‘pni 73-daqiqada "Lokomotiv" va "Rubin" klublarining sobiq futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya kiritdi. O‘yin oxirida Senni Mayulu yakuniy hisobni o‘rnatdi.

"PSJ" tarixda ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Avvalroq jamoa bir marta turnir finaliga chiqqan va 2019/20 yilgi mavsumda "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

Bundan tashqari, bu fransuz klublari uchun ikkinchi sovrin bo‘ldi. Bungacha faqat "Marsel" 1992/93 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgandi.

"Inter" Chempionlar Ligasi finalida o‘z tarixidagi to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shuningdek, jamoa uch marta turnir g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 01:56 01.06.2025. O'qildi: 1808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!