HAMASning ma’lum qilishicha, u vositachilarga AQShning G‘azoda otishmani to‘xtatish bo‘yicha taklifiga o‘z javobini taqdim etgan.
Guruhning xabar berishicha, kelishuvga ko‘ra, G‘azoda ushlab turilgan 10 nafar tirik isroillik asir ozod etiladi va bir qator falastinlik mahbuslar evaziga 18 ta jasad qaytariladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qamaldagi G‘azo sektorini "Er yuzidagi eng och joy" deb ta’riflab, hududning butun 2,3 million aholisi "halokatli ochlik" xavfi ostida ekanligini ta’kidlamoqda.
Jinoyatchi Isroil besh arab davlati vazirlari delegasiyasining G‘arbiy qirg‘oqdagi Ramallah shahriga rejalashtirilgan tashrifini to‘xtatganini tasdiqlashi qattiq qoralandi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 54 381 falastinlik halok bo‘ldi, 124 054 nafari yaralandi.
Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar o‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.