Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya — NATO qarama-qarshiligi Istanbul muzokaralarini samarasiz qilishi mumkin

Rossiya — NATO qarama-qarshiligi Istanbul muzokaralarini samarasiz qilishi mumkin

Rossiya Istanbuldagi muzokaralarda yon bermaydi, NATO esa sharqqa kengayishdan voz kechishni muhokama qilmayapti. Bu haqda ISW xabar berdi.

Rossiya rasmiy vakillari 2 iyunda Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar oldidan Kremlning murosasiz pozisiyasini namoyish etishni davom ettirmoqda. Bu esa ushbu uchrashuvda Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha biror jiddiy natijaga erishish ehtimoli nihoyatda past ekanligidan dalolat beradi. Bu haqda Amerika Urushni o‘rganish institutining (ISW) so‘nggi hisobotida keltirilgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya 30 may kuni bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya Ukraina bilan "qancha zarur bo‘lsa, shuncha" urushishga tayyor ekanligini va Kiyev yo Moskvaning shartlari asosida tinchlikni qabul qilishi, yoki jang maydonida muqarrar mag‘lubiyatga duch kelishi mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 18:19 31.05.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!