Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Yevropadagi NATO kuchlarida Amerika qo‘mondonligini saqlab qolishni rejalashtirmoqda — Reuters

Tramp Yevropadagi NATO kuchlarida Amerika qo‘mondonligini saqlab qolishni rejalashtirmoqda — Reuters

Agentlik manbalariga ko‘ra, bu Yevropa ittifoqchilarini tinchlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Donald Tramp, Vashington Yevropa ittifoqchilarini xavfsizlik masalalarida ko‘proq javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga undayotganiga qaramay, alyansning Yevropadagi Birlashgan Qurolli kuchlari qo‘mondonligida amerikalik generalni saqlab qolmoqchi.

"AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu qarorini NATO bosh kotibi Mark Ryuttega shaxsiy ravishda bildirgan. Ushbu qaror Yevropa ittifoqchilarini va Qo‘shma Shtatlarning alyansdagi harbiy yetakchiligi tez orada qisqarib ketishidan xavotirda bo‘lgan ayrim respublikachilarni tinchlantiradi", deb yozadi Reuters.

Hozirda NATO'ning Yevropadagi Birlashgan Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini amerikalik general Kristofer Kavoli egallab turibdi.

Amerikalik rasmiylarga ko‘ra, ushbu lavozim uchun keyingi kutilayotgan nomzod – AQSh Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi operasiyalar bo‘yicha direktori, harbiy-havo kuchlari general-leytenanti Aleksus Grinkevich hisoblanadi.

"Ikkinchi jahon urushidan buyon bu lavozim doimiy ravishda amerikalik generallar tomonidan egallab kelinmoqda", deya aniqlik kiritdi Reuters.

Kiritildi: 12:52 31.05.2025. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!