Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd. so‘mlik dori vositalari va 400 mln. so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd. so‘mlik dori vositalari va 400 mln. so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi Bog‘dod tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomashina salonida 8 turdagi 413 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Bag‘dod tumanida joylashgan va mazkur fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 ta ombor ko‘zdan kechirilganda, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 60 turdagi 100.332 dona dori vositalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahrida joylashgan ombordan esa noqonuniy saqlanayotgan 39 turdagi 16.897 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, dastlabki umumiy qiymati jami 8 milliard 1 million 429 ming so‘mlik 117.642 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

Bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom etirilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaroga tegishli 3 ta “yashirin” omborda Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 400 mln. so‘mlik 15 turdagi kateter igna, jgut, elektron termometr, tonometr kabi jami 30 ming dona tibbiyot jihozlari saqlanayotganligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:46 31.05.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!