Dunyodagi eng yirik alkogol ishlab chiqaruvchilari - pivo, vino va kuchli spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar, jumladan, 2023 yildan buyon "alkogol iste’molining xavfsiz darajasi mavjud emas" deb ta’kidlayotgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan kuchayib borayotgan bosimga qarshi strategiyalar ishlab chiqmoqda. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Global iste’molning pasayishi va soliqlarni oshirish hamda alkogolning zarari to‘g‘risida majburiy ogohlantirishlarni joriy etish kabi yanada qat’iy choralar taklif qilinayotgan sharoitda, soha vakillari JSSTning nuqtai nazariga ochiqchasiga e’tiroz bildira boshladilar va mo‘’tadil iste’molning ijtimoiy jihatlarini targ‘ib qila boshladilar. Diageo va Asahi shunday yo‘l tutdi. Heineken esa "jonli muloqot"ning afzalliklari haqida reklama kampaniyasini boshladi.