Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Makron: Qo‘shilmaslik davri tugadi – yangi koalisiya sari qadam

Makron: Qo‘shilmaslik davri tugadi – yangi koalisiya sari qadam

Fransiya prezidenti Yevropa va Osiyo mintaqasida “majburlash sohalarini” yaratishga intilayotgan yirik kuchlarga qarshi turish uchun yangi ittifoq tuzishga chaqirdi.

"Bizning oldimizda" ta’sir doiralari” nomi ostida “majburlash sohalari”ni o‘rnatmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning chaqirig‘i turibdi. Ular resurslarni, xoh u baliqchilik bo‘lsin, xoh foydali qazilmalar bo‘lsin, o‘zlashtirishni va o‘z manfaati yo‘lida boshqalarni siqib chiqarishni istaydigan mamlakatlardir", – deya ta’kidladi Emmanuyel Makron Singapurdagi “Shangri La diaogi” konferensiyasidagi nutqida.

Uning fikricha, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ittifoq “umumiy me’yorlar va tamoyillarga” asoslanadi.

"Qo‘shilmaslik davri o‘tdi, ammo harakatlar koalisiyasi tuzish uchun vaqt keldi. Birgalikda harakat qila oladigan davlatlar buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerak", – deya qo‘shimcha qildi Makron.

Kiritildi: 22:20 30.05.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!