Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya BMTda Ukraina bilan cheksiz urushishga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya BMTda Ukraina bilan cheksiz urushishga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzni noma’lum muddatga davom ettirishga qaror qilganini bildirdi.

"Rossiyaning maqsadlariga tinch yo‘l bilan ham, harbiy yo‘l bilan ham erishish mumkin. Qurolli kuchlarimiz jangovar harakatlarni zarur bo‘lgan muddatgacha davom ettirish va kuchaytirishga qodir," - deya u BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ta’kidladi.

Uning aytishicha, "barcha uchun tanlov qilish vaqti yetib keldi."

Shu bilan birga, Nebenzya Rossiya "prinsip jihatidan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, biroq bu bir qator talablar bajarilishi sharti bilan" ekanligini qayd etdi. Bu talablar orasida Ukrainada safarbarlikni to‘xtatish va G‘arb davlatlarining harbiy yordamini tugatish bor. "Prinsip jihatidan biz o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyormiz," - dedi u.

Kiritildi: 22:07 30.05.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!