O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga kecha, 29 may kuni Rossiya Federasiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” forumlar saroyida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.
Farrux Zokirovga ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi.