Indoneziyaning Yava orolidagi ohaktosh karyeridagi ko‘chki oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 10 ga yaqin kishi jarohat oldi.
Bu haqda mahalliy tabiiy ofatlarga qarshi kurash tashkiloti rahbari Deni Nuraxya xabar berdi.
"Hozirgacha 13 kishining jasadi topildi, besh-oltitasi haligacha izlanmoqda".
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi qidiruv ishlari 1 iyunga qoldirildi. Bunday qaror ikkinchi marta qulash xavfi tufayli qabul qilingan.
Shunga o‘xshash voqea shu yilning fevral oyida ushbu karyerda sodir bo‘lgan edi.