"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "M. D." MCHJ tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani, "Qorayontog‘" mahallasida joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uyni loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga ulab foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 556 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.