Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
30 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, investisiyalar, innovasiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.