Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan aliment undirilishi bilan bog‘liq yana bir ijro hujjati muvaffaqiyatli yakunlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi D.A. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida aliment pullari o‘z vaqtida undirib kelingan.
Shu bilan birga, profilaktik suhbatlar chog‘ida taraflar o‘zaro kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Qarzdor A.A. farzandining kelajagini ta’minlash maqsadida aliment mablag‘larini oldindan to‘lab berish niyati borligini bildirgan. Undiruvchi esa bu holatni inobatga olgan holda ijro hujjatini qaytarib olishini ma’lum qilgan.
1-iyun - “Xalqaro bollarni himoya qilish kuni” arafasida qarzdor ota tomonidan jami 40 mln. so‘m miqdoridagi aliment puli to‘liq to‘lab berildi. Ushbu mablag‘ undiruvchi D.A.ga topshirilib, uning arizasiga asosan ijro ishi rasman yakunlandi.