Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo hukm suradi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo hukm suradi?

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shanba, 31 may kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 29-31 daraja bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, bu yil yoz quruq va bir oz issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1—7-iyun kunlari respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin 35-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha ko‘tariladi.

Kiritildi: 16:07 30.05.2025. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!