Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qamoq saboq bo‘ldi: ota 66 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

Qamoq saboq bo‘ldi: ota 66 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor M.A.dan undiruvchi G.M.ning foydasiga bir nafar farzandi voyaga yetgunga qadar ish haqi va boshqa topgan daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Biroq, ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab qarzdorlik yig‘ilib, 66,1 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yuzaga kelgan holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan tuman sudiga taqdimnoma kiritilgan va uning asosida 10.02.2025 yilda qarzdor M.A.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, undiruvchi G.M. foydasiga 66,1 mln. so‘m undirilishi belgilangan.

Qo‘llanilgan jazodan tegishli xulosa chiqargan qarzdor ota, ma’muriy qamoqdan so‘ng o‘tkazilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlaridan so‘ng aliment bo‘yicha vujudga kelgan 66,1 mln. so‘m qarzdorlikni to‘liq to‘lab, ijro hujjati talabini amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:01 30.05.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!