Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Burger King O‘zbekistonga kirib keladimi?

Burger King O‘zbekistonga kirib keladimi?

Qozog‘istonlik tadbirkor Almas Sultangazin Burger King‘ni O‘zbekistonga olib kiradi

Mart oyida Holten Group Burger King Kazakhstan franshizasini sotib oldi. Kompaniya tasarrufiga Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi restoranlar o‘tmoqda.

Avvalroq Burger King tez orada O‘zbekiston bozoriga kirishi va Toshkentda o‘z restoranlarini ochishi haqida xabar berilgandi. Muassasalarni ochish uchun lisenziyani International Beverages Tashkent kompaniyasi qo‘lga kiritgan.

Mart oyida Verniy Kapital kompaniyalar guruhi 2012 yildan beri sherigi Anuar Utemuratov bilan birgalikda egalik qilgan Burger King Kazakhstan eksklyuziv franshizasini sotgani ma’lum bo‘ldi. Burger King Kazakhstan mamlakatning 14 ta shahridagi 55 ta restoranga egalik qiladi.

Xaridor Holten Group — International Beverages Tashkent’ning ikkita ta’sischilaridan biri (0,1%) bo‘ldi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi egasi 99,9% ulushga ega bo‘lgan Holten Enterprise hisoblanadi. Forbes Kazakhstan nashrining yozishicha, Holten Group Qozog‘istonning 75 ta eng boy tadbirkorlari ro‘yxatida 40-o‘rinni egallagan Almas Sultangazinga tegishli. Uning boyligi $285 mlnga baholanmoqda.

Franshizani sotib olish natijasida Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi Burger King restoranlari Almas Sultongazinga o‘tadi. Shuningdek, tadbirkor O‘zbekistonda muassasalar ochish huquqini qo‘lga kiritadi.

Almas Sultangazin o‘zbekistonlik tadbirkor Shuhrat Ergashev tomonidan asos solingan International Beverages Tashkent kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Pepsi, 7Up, Mirinda, Mountain Dew, Adrenaline Rush va Lipton ichimliklarini ishlab chiqarmoqda. Holten Group, shuningdek, mahalliy hamkorlar bilan birgalikda Armaniston va Gruziyada Pepsi ishlab chiqarish zavodlariga egalik qiladi. Joriy yilda Gruziyada yangi Pepsi zavodi qurilishi rejalashtirilgan.

18 aprel kuni International Beverages Tashkent ta’sischisi Shuhrat Ergashev prezident huzuridagi yig‘ilishda "23 oydan so‘ng" O‘zbekistonda birinchi Burger King restoranlari ochilishini, markaziy ofis esa Toshkentda joylashishi mumkinligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, kompaniyalar lisenziyani butun Markaziy Osiyoga o‘tkazishni taklif qildi.

Kiritildi: 15:22 30.05.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!