Massimiliano Allegri "Milan" bosh murabbiyiga aylandi.
Oldinroq italiyalikning klub bilan shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangani xabar qilingandi. Maoshi mavsumiga 5 million yevro, bonuslar 2 million yevro bo‘ladi.
Allegri 2010 yildan 2014 yilgacha "Milan"ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriya chempioniga aylandi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.