Jamoatchilik AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenda prostata saratoni aniqlangani haqida oldindan xabardor qilinmagan, dedi Amerika yetakchisi Donald Tramp.
"Bu haqda ancha oldin xabar berilmaganiga hayronman. Chunki to‘qqizinchi bosqichga o‘tish uchun ko‘p vaqt kerak. Men hozirgina tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Siz o‘sha aniq [onkologik] tadqiqot natijalarini ko‘rdingiz. O‘ylaymanki, bu tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan barcha uchun standart tadqiqotdir," - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlarni oshkor qilish nega shuncha vaqt olganini aniqlash kerak.
"Bu darajadagi xavfga erishish uchun yillar kerak bo‘lishi mumkin. Bu juda, juda achinarli holat va men bundan juda afsusdaman va odamlar nima bo‘lganini aniqlashga harakat qilishlari kerak, deb o‘ylayman," deb qo‘shimcha qilgan Tramp.