Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Finlyandiya xavotirda: Rossiya chegaradagi armiyasini uch baravarga oshirmoqchi

Finlyandiya xavotirda: Rossiya chegaradagi armiyasini uch baravarga oshirmoqchi

Finlyandiya keyingi besh yil ichida Rossiyaning chegaradagi harbiy tahdidi oshishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Rossiya armiyasi Finlyandiya bilan chegaradagi harbiy qismlarni mustahkamlamoqda va infratuzilmani kengaytirmoqda.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, Leningrad viloyatidagi Kamenka harbiy qismida yuzlab yangi chodirlar paydo bo‘lgan. Murmansk yaqinidagi vertolyot bazasiga esa, 20 yildan beri ko‘rinmagan harbiy vertolyotlar qaytgan. Shuningdek, Olenya aviabazasida o‘nlab rossiyalik harbiy samolyotlar kuzatilgan.

NYT'ga ko‘ra, bu harakatlar hozircha katta miqyosdagi va uzoq muddatli harbiy kengayishning dastlabki bosqichlari singari ko‘rinish bermoqda. Finlyandiya rasmiylarining taxmin qilishicha, Rossiya o‘z harbiy kuchlarini tahdid soladigan darajaga yetkazishi uchun taxminan besh yil vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ular chegaradagi rossiyalik askarlar soni uch baravarga ko‘payishi mumkinligini aytmoqda. Biroq fin harbiylari bu jarayonga hozircha xotirjamlik bilan yondashmoqda.

The Wall Street Journal nashri ham aprel oyida sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayangan holda, Rossiya so‘nggi yillarda Finlyandiya va Norvegiya bilan chegaradagi harbiy qismlarni kengaytirganini yozgan, bu esa yangi urushga tayyorgarlik sifatida qabul qilinmoqda.

Kiritildi: 19:15 19.05.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!