Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kreml muvaffaqiyatga umid qilmoqda

 Kreml muvaffaqiyatga umid qilmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi yil oxirigacha Ukraina mudofaasini yorib o‘tib, to‘rtta viloyat – Lugansk, Donesk, Zaporijya va Xerson ustidan nazorat o‘rnatishiga ishonchi komil. Bu haqda Bloomberg agentligi Kremlga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Putin uzoq davom etadigan urushga tayyor va AQSh tomonidan sanksiyalar kuchayishidan qo‘rqmaydi. Bu uning o‘t ochishni to‘xtatish niyatida emasligini va AQSh prezidenti Donald Trampning 19-mayga rejalashtirilgan telefon suhbati chog‘ida yon berishni rejalashtirmaganini anglatadi.

Shu bilan birga, Bloomberg'ning Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manbasi Rossiya armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olishiga shubha bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina dronlarining harakatlari keng ko‘lamli hujumlarni juda qimmat va samarasiz qiladi.

🗺 2025 yil may holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukraina hududining qariyb 20 foizini nazorat qiladi . Bu qo‘lga olishlarning deyarli barchasi urushning birinchi haftalarida sodir bo‘lgan. Reuters agentligining Urushni o‘rganish institutiga tayanib ma’lum qilishicha, Rossiya deyarli butun Lugansk viloyatini, shuningdek, Donesk, Zaporojye va Xersonning 70 foizga yaqin qismini egallab turibdi.

Bloomberg yozganidek, Putinning yon berishdan bosh tortishi Trampni yangi bosim choralarini qo‘llab-quvvatlashga undashi mumkin. Xususan, gap Senatda Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa resurslarni sotib oluvchi mamlakatlardan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida bormoqda .

“ Biz qariyb ikki oy davomida rossiyaliklarni [mojaroni hal qilishda] taraqqiyot bo‘lmasa, bu sodir bo‘lishi haqida qayta-qayta ogohlantirdik ”, dedi AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 18-may kuni CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:16 19.05.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!