Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azoda 24 soat ichida Isroil armiyasi hujumlari natijasida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

G‘azoda 24 soat ichida Isroil armiyasi hujumlari natijasida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

18 may kuni Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 151 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ulardan 70 nafari G‘azo shahri va Falastin anklavining shimolidagi hududlarni bombardimon qilish natijasida halok bo‘lgan.

Isroil Bosh vazirining maslahatchisi Dmitriy Gendelman yakshanba kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi radikal Xamas harakatini yengish uchun olib borilayotgan "Gidyon aravalari" operasiyasining hal qiluvchi bosqichiga kirganini aytdi.

"Quruqlikdagi kuchlar G‘azo sektoriga chuqur kirib boryapti, XAMAS tuzilmalariga aniq zarbalar berib, muhim pozisiyalarni egallamoqda. O‘tgan hafta davomida aviasiya yuzlab nishonlarga zarba berdi, omborlar, tunnellar, raketa pozisiyalari va terrorchilarni yo‘q qildi", - deya ta’kidladi u.

Avvalroq Isroil anklavda ocharchilik xavfining oldini olish uchun G‘azo sektoriga oziq-ovqat yetkazib berishga ruxsat berishi xabar qilingandi.

Kiritildi: 08:30 19.05.2025. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!