Rim papasi Lev XIV papalik hokimiyatining ramzlarini qabul qildi. Shu paytdan boshlab uning pontifikati rasman boshlandi.
Qo‘y junidan to‘qilgan tasma cho‘pon tomonidan uyga keltirilgan adashgan qo‘yni ifodalaydi. "Baliqchi uzugi"ni topshirish esa papaning cherkov bilan nikohlanishi ramzidir.
"Bizning zamonimizdagi ko‘plab kelishmovchiliklar, nafrat, zo‘ravonlik, bid’atlar, farqlardan qo‘rqish, shuningdek, Yer resurslarini ekspluatasiya qiladigan va aholining eng kambag‘al qatlamlarini chetga surib qo‘yadigan iqtisodiy tizim tufayli yuzaga kelgan ko‘plab jarohatlarni hali-hanuz ko‘rib turibmiz," - dedi Lev XIV Avliyo Pyotr maydonidagi ibodat chog‘ida.