Buyuk Britaniya va Germaniya hamkorlikda 2 ming km dan ortiq masofaga ta’sir ko‘rsatadigan yuqori aniqlikdagi qurollarni ishlab chiqish niyatida, deb xabar berdi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Nashrda aytilishicha, yangi ishlanma Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘ladi.
Bu qurollar NATOning tiyib turish qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, Birlashgan Qirollik va butun Yevropa mudofaasini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan.