Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Mourinyo Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi!

A A A
Mourinyo Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi!

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasining navbatdagi ustozi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda NT Spor xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 62 yoshli portugaliyalik mutaxassis allaqachon terma jamoa bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Mourinyoning rasman tayinlanishi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi final o‘yinlaridan keyin kutilmoqda.

4 iyun kuni Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi yarim finalida Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim finalda Ispaniya va Fransiya bellashadi.

Turnirning final jangi 8 iyunga belgilangan.

Kiritildi: 17:47 15.05.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!