O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,82 so‘mga tushdi va 12 965,34 so‘mni tashkil qildi.
Evro kursi ham 81,50 so‘mga pastladi va 14 525,07 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,29 so‘mga tushib, 161,34 so‘mni tashkil etdi.