Bugun Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi. Suhbat faqat siyosiy bo‘lmadi — ijtimoiy va hayotiy masalalar haqida ham ochiq gaplashildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning biznes boshlashi, ta’limni rivojlantirish, suv resurslari muammosi va mintaqalararo aloqalar haqida rejalar muhokama qilindi.
Evropa Ittifoqi vakilining tajribasi va ochiqligi bu muloqotni samarali bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
«Janob Stipreysning mintaqamiz bilan bog‘liq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz», — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.