Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp: “Evropa Xitoydan ham yomonroq!”

Tramp: “Evropa Xitoydan ham yomonroq!”

Xitoy bilan 90 kunlik savdo sulhi e’lon qilinganidan keyin, Tramp Yevropa Ittifoqiga nisbatan keskin fikr bildirib, uni "ko‘p jihatdan Xitoydan ham yomonroq" deb ta’rifladi.

U Yevropa Ittifoqini AQShga nisbatan adolatsiz munosabatda ayblab, bunga javoban qat’iy choralar ko‘rishini va’da qildi.

Amerika bojlarini bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun bir necha bor urinishlar bo‘lishiga qaramay, tomonlar Pekindan farqli o‘laroq, hali biron-bir natijaga erishmadi.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel ehtimoliy tarif imtiyozlari ro‘yxatini taklif qilgan, ammo shu bilan birga 95 milliard yevroga teng qarshi choralar bilan ham tahdid solgan.

Kiritildi: 22:45 13.05.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!