Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.E. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida go‘yoki qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasasining 2 bosqichini tugatganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga tibbiyot yo‘nalishiga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 48 mln so‘m pul berishi kerakligini aytib, ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.