Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Akademiyada qisqa muddatli kurslar joriy etiladi

Akademiyada qisqa muddatli kurslar joriy etiladi

🔰 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

📝 2026 yil 1 yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etiladi.

📋 2025/2026 o‘quv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🏛 2026/2027 o‘quv yilidan:

🔹 “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;

🔹 yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;

🔹 magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari
va modullar bo‘yicha tashkil etiladi.

Kiritildi: 12:24 13.05.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!