Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda YTH sababli onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘istonda YTH sababli onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Baxtsiz hodisa tufayli onasidan mahrum bo‘lgan qiz xorijdan O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova idorasi.

Qayd etilishicha, bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi ayol E.A.ning murojaati kelib tushgan.

Unda ayol qizi D.R.ning 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz farzandi borligi, bir necha yil avval qizi Qozog‘iston fuqarosiga turmushga chiqqani, nevarasi Beruniy tumanida tug‘ilib, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa-da, unga onasi Qozog‘istonda ham tug‘ilish haqida guvohnoma rasmiylashtirganini bildirgan.

Baxtsiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida qizi 2024 yil avgust oyida vafot etib, hozirda voyaga yetmagan nevarasi E.M. Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolganini ma’lum qilgan va nevarasini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani, Ichki Ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulligi vakillari hamkorligida bolaning O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.

12 may kuni u xolasi SH. R. hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan va buvisi E.A. qaramog‘iga topshirilgan. Hozirda buvining nevarasiga nisbatan vasiyligi rasmiylashtirilish jarayonida, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:09 13.05.2025. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!