Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bloomberg: Yevropa Istanbuldagi mumkin bo‘lgan muzokaralarni kutmoqda

Bloomberg: Yevropa  Istanbuldagi mumkin bo‘lgan muzokaralarni kutmoqda

Evropa davlatlari sanksiyalarni kuchaytirishdan oldin Zelenskiy va Putinning Turkiyadagi ehtimoliy uchrashuvini kutishga tayyor — Bloomberg

Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Yevropa yetakchilari Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi Turkiyada bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuvni kutishga tayyor. Ular Qo‘shma Shtatlardan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘rashdan oldin ushbu uchrashuv natijalarini kutmoqchi.

Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, 12 may kuni AQSh va Yevropa mamlakatlari rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, Vashington tomoni 15 may kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar o‘tkazilishiga imkon berishni istayotgani ayon bo‘lgan.

"Agar Putin Zelenskiy bilan uchrashuvdan bosh tortsa yoki Rossiya 15 may kuni o‘tkaziladigan muzokaralarda zudlik bilan va dastlabki shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Yevropa yetakchilari AQSh prezidenti Donald Trampni Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish bilan bog‘liq tahdidini amalga oshirishga chaqiradi", — deya aniqlik kiritgan Bloomberg manbalari.

Kreml hozircha Putin muzokaralarda ishtirok etadimi-yo‘qmi, bu haqda ma’lumot bergani yo‘q.

Kiritildi: 10:54 13.05.2025. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!