Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

EI Rossiya pullarini Ukrainaga berdi

EI Rossiya pullarini Ukrainaga berdi

EI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinayotgan foyda hisobidan Ukrainaga mudofaa uchun 2 milliard yevro ajratdi — Deutsche Welle

"Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Ukraina mudofaa forumida Kiyevga yana 900 million yevro mablag‘ni qurollar va o‘q-dorilar xaridi uchun ajratish e’lon qilindi", deya xabar bermoqda nashr.

Avvalroq Yevroittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Ukraina qurol ishlab chiqaruvchilari bilan 1 milliard yevroga teng shartnomalar imzolangani haqida ma’lum qilgan edi.

Ushbu mablag‘lar Yevroittifoqda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olinayotgan daromadlar hisobidan ajratilmoqda. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun allaqachon 3,3 milliard yevro ajratgan va bu yo‘nalishda Ukraina iqtisodiyotining eng yirik notijorat xorijiy investori bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, Bryusselda o‘tgan forumda Yevropa Ittifoqi va Ukraina mudofaa sohasida qo‘shma maqsadli guruh tashkil etilishi ham e’lon qilindi. Ushbu guruh Ukraina mudofaa sanoatini Yevropa Ittifoqining sanoat tizimiga integrasiya qilish bilan shug‘ullanadi. Bu, jumladan, Ukrainani Yevroittifoqning qayta qurollanish dasturi — ReArm Europe doirasida ishtirok ettishini ham o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 09:55 13.05.2025. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!