Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda mahalliy reysdagi barcha rezident aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda mahalliy reysdagi barcha rezident aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi barcha rezident aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining “Mintaqaviy aviatashuvlarni va ichki turizmni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga Uzbekistan Airways uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etishga rozilik berildi.

Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi qayta tasdiqlandi. Komissiya 6 kishidan iborat bo‘lib, unga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vaziri Aziz Abduhakimov raislik qiladi.

Maxsus komissiya — subsidiyalanadigan aviaqatnovlar chiptalari va aviqatnov yo‘nalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha komissiya.

Shu munosabat bilan barcha rezident aviakompaniyalar maxsus komissiya tomonidan belgilangan mahalliy yo‘nalishlar va tariflar doirasida aviachipta sotishni yo‘lga qo‘yish hamda har oy yakuni bo‘yicha Transport vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 188-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval shaklida Transport vazirligiga subsidiyalash uchun arizalar kiritishi mumkin.

Kiritildi: 09:39 13.05.2025. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!