Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp 8 may va 11 noyabrni AQShda G‘alaba kuni deb e’lon qildi

Tramp 8 may va 11 noyabrni AQShda G‘alaba kuni deb e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may va 11 noyabrni Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida G‘alaba kuni deb e’lon qildi.

Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Men 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni, 11 noyabrni esa Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb o‘zgartiraman" - deb yozadi Oq uy rahbari.

Uning ta’kidlashicha, endi Qo‘shma Shtatlar "g‘alabalarni yana nishonlash" vaqti keldi.

Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonish uchun “boshqa davlatlarga qaraganda ancha ko‘p ish qilgan”ligini aytdi. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQSh ittifoqchilari 8 mayni G‘alaba kuni sifatida nishonlaydilar, biroq Trampning so‘zlariga ko‘ra, aynan Qo‘shma Shtatlar “g‘alaba qozonish uchun hammadan ko‘ra ko‘proq harakat qilgan”.

Kiritildi: 09:19 02.05.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!