Bu haqda Fox News xabar bermoqda
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Mayk Uols va uning o‘rinbosari Aleks Vong bugun o‘z ofislarini tark etishgan. Biroq Tramp ma’muriyati bu xabarni hali rasman tasdiqlagani yo‘q.
"AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi lavozimini Stiv Uitkoff egallashi mumkin. Uning nomzodini yuqori martabali rasmiylarning aksariyati qo‘llab-quvvatlamoqda", deya xabar beradi Politico.
Hozirda Uitkoff prezidentning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlamoqda. Shu bilan birga, u Trampning Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralarida faol shtirok etmoqda.