Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin Rossiyani kelajakdagi urushlarga tayyorlamoqda

Putin Rossiyani kelajakdagi urushlarga tayyorlamoqda

Rossiya kelajakdagi harbiy to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mudofaa-sanoat majmuasi quvvatlarini kengaytirishi lozim, dedi chorshanba kuni Harbiy-sanoat komissiyasi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Putinning aytishicha, Rossiya mudofaa zavodlari allaqachon qurol-yarog‘lar, aloqa tizimlari va radioelektron kurash vositalari ishlab chiqarishni ikki baravar ko‘paytirgan, shuningdek, Ukrainada jang qilayotgan armiyaga 4 mingta zirhli mashina va tank, 180 ta samolyot va vertolyot, 1,5 milliondan ortiq uchuvchisiz uchish apparati, jumladan, virtual reallik (FPV) tizimi orqali boshqariladigan 4 mingta dron yetkazib bergan.

"Men juda yaxshi bilaman va bu yerdagi bugungi yig‘ilishimizda qatnashayotganlarning ko‘pchiligi ham mendan kam bilmaydi: bu qurol-yarog‘lar hali ham yetishmayapti. Yetarli emas," - deya ta’kidladi Putin.

U yana shuni qo‘shimcha qildiki, joriy yilda harbiy-sanoat majmuasi oldiga avvalgidan "yanada keng ko‘lamli" vazifalar qo‘yilgan, mudofaa zavodlari quvvatlarini kengaytirish dasturi esa 400 dan ortiq korxonani qamrab oladi.

Kiritildi: 20:26 23.04.2025. O'qildi: 2055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!