Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyevga Putinning salomini yetkazdi

Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyevga Putinning salomini yetkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmi oshmoqda. Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperasiyasi kuchaymoqda. Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kiritildi: 14:55 23.04.2025. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!