Odiljon Bastamqulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Bastamqulov UzAuto Motors kompaniyasiga doimiy bosh direktor tayinlanmaguncha rahbarlik qiladi.
2024 yilda UzAuto Motorsga kelishidan oldin u avtomobil oynasi ishlab chiqaruvchi “Avtooyna” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Ma’lumot uchun, uch yildan ortiq vaqt davomida UzAuto Motors kompaniyasini boshqargan Bo Andersson 2024 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini yakunlagandi.