Mahalliy hukumat vakillari qurbonlar soni ortishi mumkinligini ta’kidlab, bu yong‘inlarni Kaliforniya shtati tarixidagi eng vayronkor hodisa deb atamoqda.
AQSh Prezidenti Jo Bayden shtatda keng ko‘lamli ofat rejimini e’lon qilgan. Xavfli hududlardan aholining evakuasiyasi boshlangan – 360 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
JPMorgan Chase yong‘inlar keltirgan moddiy zarar miqdorini 50 milliard dollarga baholamoqda. AccuWeather ob-havo xizmati iqtisodiy yo‘qotishlar 150 milliard dollargacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.