Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini belgilash va undirish tartibi” nomli amaliy qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanma fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’vo arizalari bo‘yicha davlat boji miqdorini hisoblash va undirish yuzasidan atroflicha ma’lumot beriladi. Shuningdek, to‘plamdan davlat boji masalalari bo‘yicha amaldagi qonunlar, Oliy sud Plenumining qarorlari, umuman, boj undiruvi bilan bog‘liq (davlat bojini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va hokazo) huquqiy normativ-hujjatlar hamda namunaviy sud qarorlari ham joy olgan.
Qo‘llanma sudyalar, sudyalikka nomzodlar hamda fuqarolik prosessual qonuni bilan ishlovchi prokuratura organi xodimlari va advokatlarga mo‘ljallangan.